O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchilar diqqatiga!

09.08.2019 1386


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma'muriyati, Qurbon hayiti bayrami kunlari ko'proq yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yo'nalishida 556/555 sonli qo'shimcha poezdlar qatnovi yo'lga qo'yilganligini ma'lum qiladi. 

Toshkent –Urganch yo'nalishida harkatlanadigan 556 – sonli qo'shimcha poezd 2019 yil 09, 11, 13 - avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kundizi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yo'nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo'shimcha poezd esa 2019 yil 10,12,14- avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da jo'naydi.

Shuningdek, 09.08.2019 yildan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo'nalishida qo'shimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdining qatnovlari yo'lga qo'yiladi. 

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ