O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

"O'zbekiston temir yo'llari"AJ: Yangi ish o'rinlari – ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosi

01.08.2019 1499


Ma'lumki, yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Xovos tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi. 

Bu galgi safar davomida bildirilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida aholi bandligini ta'minlash, mehnat uchun sharoit yaratish, mintaqaning barcha sohalarida ish o'rinlarini tashkil etish asosiy vazifalardan biri bo'ldi. Birgina "O'ZVAGONTA'MIR" AJ tarkibiga kiruvchi "O'zvagonta'mir" AJ ning tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lgan VChD-Xovos – joriy yilning oxirigacha 114 kishini qo'shimcha ish bilan ta'minlash rejalashtirilgan ob'ektlardan biri hisoblanadi. 2020 yil oxiriga qadar esa 86 kishi ish bilan ta'minlanadi. 

Qayd etish lozimki, yangi ish o'rinlarini yaratishda nafaqat temiryo'l mutaxassislari uchun mo'ljallangan. Mahalliy aholini ham faol jalb qilish rejalashtirilmoqda, chunki ushbu hududning infratuzilmasi kengayib, ko'p xonadonli uy-joy komplekslarini ko'paytirish uchun sharoit yaratilmoqda va Prezidentimiz ta'kidlaganidek, yangi ko'chib keluvchi aholi doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun yangi ish o'rinlari yaratilishi zarur. 

Ayni paytda, VChD-Xovosda 360 ishchi-xodimlar faoliyat yuritib, ulardan 50 nafari imkoniyati cheklangan insonlardir va ular kasanachilik asosida ish olib bormoqda. 

Shuningdek, "Xovos" vagon deposi yuk vagonlarini ta'mirlash, shuningdek, g'ildirak juft (парные колёса)larini to'liq tekshirishlarni amalga oshirayotganini ham qayd etish lozim. Texnologik jarayon modernizatsiya bosqichida. Misol uchun, yaqin kelajakda yangi uskunalar sotib olish va maxsus texnika va texnologiyalarni yangilashni o'z ichiga oladi. Bu borada chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida ahamiyatga ega. Xususan, hozirgi vaqtda investorlardan biri Ispaniyaning "FIEM" jamg'armasidir. Investitsiyalar yuk vagonlarini ta'mirlash va modernizatsiya qilish uchun 21 ta turdagi zarur bo'lgan zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni xarid qilishga imkon yaratadi.

Shuni ta'kidlash lozim, Xovos vagon deposiga mahalliy aholi orasidan qo'shimcha ish o'rinlariga qabul qilish jarayoni joriy yil 1 avgustda boshlandi.

Axborot-tahliliy media markazi