O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

OAV xodimlari “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasida

30.07.2019 1118

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan OAV xodimlari uchun media-tur tashkil etildi. Jurnalistlar Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida joylashgan “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Unda 10 dan ortiq tele va radio, bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Media-tur belgilangan reja asosida olib borildi. Dastlab jurnalistlar korxonada otchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. U yerda soha mutaxassislari yig'ilganlarga majmuaning hozirgi imkoniyatlari, bajarilgan ishlar, texnika va texnologiyalar, galdagi rejalar haqida ma'lumot berdilar. Shundan so'ng media-tur ishtirokchilari zotdor otlar va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Sayohatning ikkinchi kuni OAV xodimlari Xisorak o'rmon xo'jaligiga qarashli Maydanak tog' yon bag'irlarida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ uchun ajratilgan 200 gektar yaylovga tashrif buyurdi. U yerdagi zotdor otlarning tabiat qo'ynida mutaxassislar tomonidan nazorat qilinishi, otchilik yo'nalishda olib borilayotgan izlanishlarning bevosita guvohi bo'lishdi. 

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 fevraldagi PQ-4194-sonli “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga ko'ra Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko'paytirish maqsadida “Sho'rtangazkimyo majmuasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tasarrufiga o'tkazilgan edi. Qisqa fursat ichida “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish va tubdan takomillashtirish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. 

Media-tur davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. 

Axborot-tahliliy media markazi