O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston-Qozog'iston: Yana bir yangi davlatlararo temir yo'l tutashuv punkti ishga tushirildi

29.07.2019 241

Bugun “Toshkent mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK ga qarashli yangi Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti foydalanishga topshirildi. 

Mazkur maskan chegara posti va nazorat-o'tkazish punktlari yaqinida joylashgan. Bu yerda poezdlar davlat chegarasini kesib o'tadigan maxsus yo'llar, chegara, bojxona va boshqa davlat nazorati turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hududda nafaqat temiryo'lchilar uchun balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratildi. Bu yerdan sutkasiga 3 juft yuk poezdlar harakati amalga oshiriladi. 

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston bugungi kunda qo'shni davlatlar, jumladan Afg'oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston Respublikalari bilan jami 20 ta koridor orqali temir yo'l transportidan foydalanib, hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Birgina Qozog'iston Respublikasini oladigan bo'lsak, ayni kungacha Keles hamda Qoraqalpog'iston davlatlararo tutashuv punktlari orqali yuklar rasmiylashtirilib, poyezdlar qatnovi yo'lga qo'yilgan edi. Endilikda, viloyatlardan Qozog'istonning janubiy hududlariga jo'natiladigan yuklar mazkur ishga tushirilgan Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti orqali amalga oshiriladi. Qo'shni davlatdan tashishga qabul qilingan yuklar esa, O'zbekiston temir yo'llari orqali MDH mamlakatlariga tranzit o'tkazilishi ta'minlanadi. 

Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ikki davlat o'rtasidagi tovar ayriboshlash, eksport-import xizmatlarini ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eng muhimi xalqlarimiz o'rtasidagi o'zaro qo'shnichilik aloqalarini mustaxkamlaydi. 

Axborot-tahliliy media markazi