O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yer osti metro qurilishining ikkichini bosqichi boshlandi

22.07.2019 826

Shu kunlarda Toshkent metropolitenining Yunusobod yo'nalishida yopiq usulda qurilayotgan uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik yangi tunnelning burg'ulash ishlari boshlandi. 

Qayd etish lozimki, ushbu jarayon Germaniyadan keltirilgan zamonaviy «HERRENKNECHT» texnikasi yordamida amalga oshirilyapti. Mazkur uskuna bir kunda 12 metrgacha bo'lgan masofada harakatlana oladi. E'tiborlisi, yangi texnika nafaqat burg'ulash ishlarini bajaradi, shuningdek, maxsus xalqa (tyubing)larni ham o'rnatish jarayonini paralel ravishda olib boradi.

Ta'kidlash joizki, yangi yo'lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etib, metroning tunnel qismidagi qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Bugungi kunda mazkur yer osti qurilishida 40 ga yaqin zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlarda 180dan ortiq malakali muhandis va mutaxassislar kechayu-kunduz uzluksiz ish olib borishmoqda.  

Loyiha 2019 yil ohirigacha to'la nihoyasiga yetkazilishi ko'zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo'nalishiga yana ikkita bekat qo'shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo'lib, hozirgi kunda bekatlar oralig'ida tonnelni qurish hamda “Turkiston” bekatida qayta chiqish (oborotniy s'ezd) va tupiklarini qurish bo'yicha ochiq usulda ishlar olib borilmoqda.    

“Toshkent metropoliteni Yunusobod yo'nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi” loyihasining umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Loyiha “Toshkent Metroproekt” MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. 

Ma'lumki, joriy yilning may oyida loyixaning dastlabki bosqichida burg'ulash ishlari yakunlangan edi. Umumiy uzunligi 1,5 km bo'lgan kovlash ishlarida 938 komplekt temir-beton xalqalar mustahkamlanib, “Shahriston” bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib kelgan edi. 

Axborot-tahliliy media markazi