O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston-Xitoy: yangi elektrovozlarga shartnoma imzolandi

19.07.2019 972

Shu kunlarda O'zbekistonga Xitoyning CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi delegatsiyasi tashrif buyurdi. «O'zbekiston temir yo'llar» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatida yurtimizning temir yo'l ma'muriyati boshqaruvining yuk va yo'lovchi tashish uchun lokomotiv ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar, xususan, temir yo'l sohasidagi samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganligiga alohida e'tibor qaratildi. Shu o’rinda, elektrovozlarning 24 tasiga (shu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yo’lovchi hamda yuk tashishlarga mo’ljallangan) shartnomaning imzolanishi ikki davlat aloqalarini kengaytirishdagi yorqin tasdig'i va yana bir qadam ham desak mubolag’a bo’lmaydi. 

Shartnomani imzolashga bag’ishlangan tantanali marosimida «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruvi raisi X.Xasilov, shuningdek, Xitoy delegatsiyasi rahbarlari – CNTIC boshqaruvi raisi Lin Chunxay va CRRC Dalian Co. Ltd. boshqaruvi raisi Lin’ Tsuntsen ishtirok etdi. 

Yangi lokomotivlar «Тemir yo'l samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida, hamda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 586-sonli qaroridan kelib chiqadigan "Lokomotiv parkini yangilash" investitsiya loyihasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida sotib olinadi. Ushbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish muddati – 2019-2020 yillari.

Qayd etish joizki, O'zbekistonda temir yo'llarni elektrlashtirish borasida yuqori o'sish sur'atlari kuzatilmoqda va ushbu masalasiga  katta e'tibor qaratilishi temir yo'llarimizning o'tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash, yuk va yo'lovchilarni belgilangan joyga yetkazib berish vaqtini qisqartirish, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.  

Yangi lokomotivlar yo’lovchi va yuklarni tashishga mo'ljallangan bo’lib, shu jumladan og'ir yuklarni tog' sharoitida tashish imkoniyatiga ega. Ularda qo'llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yo’nilg’i iste'molni ham kamaytiradi. Ekologik xavfsizlik bo'yicha xalqaro talablarga javob beradigan mazkur lokomotivlar asenxron tortish elektr dvigatellari bilan jihozlangan. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda "O'zbekiston temir yo'llari" AJning lokomotiv parkida mavjud lokomotivlarning 50 foizdan ortig'i yangilandi.

Axborot-tahliliy media markazi