O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston-Afg'oniston: hamkorlik istiqbollari

15.07.2019 1447

Bugun poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi bilan Afg'oniston Islom Respublikasi o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining Birinchi majlisi doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum hamda "B2B" formatidagi kooperatsiya birjasi bo'lib o'tdi. 

Joriy yilning 14 iyul kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJda Afg'oniston savdo-sanoat palatasi raisi v.b Alokozay X.J. boshchiligida Afg'oniston Islom Respublikasi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar mamlakatlarimiz o'rtasida temir yo'l sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, xususan, Afg'onistonning temir yo'l transporti orqali eksportga yuk tashish va tashish hajmini oshirish masalalariga to'xtaldi. Ta'kidlash lozim,  ayni paytda O'zbekiston temir yo'llari orqali 180 tonna eksport yuklari Afg'onistondan yuborilganligi xususida ham mamnun ila qayd etildi. 

Uchrashuv doirasida muhokama etilgan masalalardan yana biri marshrut poyezdlarni tashkil etishga bag'ishlangan. Bugungi kunda Afg'onistonning eksport yuklari dengiz transporti orqali tashib o'tilmoqda. Mazkur yo'nalish orqali yuklarni tashish esa ko'proq vaqt talab etmoqda. Shu munosabat bilan yuklarni etkazib berish muddatlarini qisqartirish maqsadida O'zbekiston orqali marshrut poyezdlarini shakllantirish masalasi alohida muhokama qilindi. 

Muloqot chog'ida O'zbekiston - Afg'oniston aloqalarining mustahkamlanishi va kengaytirilishiga umid bildirildi.

Axborot-tahliliy media markazi