O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

G'alla-2019: Munosiblar taqdirlandi

15.07.2019 431

Joriy yilda mamlakatimizda g'alla o'rim-yig'im mavsumi uyushqoqlik bilan olib borildi. Buning natijasida Respublika g'alla topshirish rejasini ortig'i bilan bajardi.    


Mavsumda mirishkorlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig'ishtirib olish uchun yuzlab transport otryadlari tashkil etilgan edi. Mazkur 
jarayonda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etib o'z xissasini qo'shdi. Bugun mamlakat bo'ylab keng miqyosda olib borilgan “G'alla – 2019” mavsumida jonbozlik ko'rsatgan bir guruh temiryo'lchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. 

Unda boshqaruv raisi Xusnitdin Xasilov ishtirok etdi.

Axborot-tahliliy media markazi