O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan tadbirkorlarga o'z xizmatlarini o'tkazishga harakat qilinayotgani haqidagi asoslanmagan turli xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va elektron OAVlarda tarqatilayotganiga javob

14.07.2019 1607


O'zbekiston Respublikasi “Temir yo'l transporti to'g'risidagi” Qonunining 11-moddasiga asosan va temir yo'l Ustavining 18-33 bandlariga binoan yuklarni temir yo'l orqali tashish yuk jo'natuvchining buyurtmanomasiga muvofiq amalga oshiriladi.Ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq temir yo'l transportida ko'rsatilayotgan xizmatlar haqi va tariflar miqdorini belgilash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o'rnatilgan tartibda amalga oshirish ko'zda tutilgan. Ushbu moddaning 3-xatboshiga asosan, qo'shimcha ko'rsatilgan xizmatlar haqi shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ hamda O'zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo'mitasi bilan birgalikda 2011 yilning 25 noyabrida temir yo'l transportida qo'shimcha xizmatlar turlarining ro'yxati tasdiqlangan. Bugungi kunga qadar “O'zbekiston temir yo'llari” AJ mazkur shartnoma asosida mijozlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Temir yo'l transportida ko'rsatiladigan qo'shimcha xizmatlarning tasdiqlangan turlari jumlasidan “Vagonlarga belgi qo'yish” qo'shimcha xizmati turi mavjud bo'lib, u yuk jo'natuvchi va yuk oluvchi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Yuk jo'natuvchining bergan buyurtmanoma (zayavka)si asosida vagonlar tarkibidan kerakli miqdorda shartli belgi qo'yilib, vagonlar ajratib olinadi va ushbu belgi asosida temir yo'l shohobchasiga yetkaziladi.

“Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ va “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Ko'kon mintaqaviy temir yo'l uzeli Unitar korxonasi bilan munosabatlar 2018 yil 9 fevraldagi 122/pr-02 sonli o'zaro tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu shartnomaning 3.2-bandiga ko'ra,  shartnomadan kelib chiqadigan  barcha kelishmovchiliklar ikki tomon o'rtasida muzokaralar va da'vo arizalari bilan xal etilishi ko'zda tutilgan.

Shunga qaramay, “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ qo'shimcha xizmatiga xaq undirish bo'yicha e'tirozni Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli Unitar korxonasiga, shartnomaga asosan yozma ravishda murojaat qilmasdan, ya'ni ikki tomonlama ko'rilmasdan, shartnomaga zid ravishda, ushbu masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo'mitasiga 2019 yil 18 mart kuni 701/08-01-sonli xat bilan shikoyat qilgan.

O'zaro olib borilgan muzokaralardan so'ng 2019 yilning 7 may kuni “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ raxbariyati tomonidan, O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi nomiga yuborilgan 08/2-492-sonli xatida, “O'zbekiston temir yo'llari” AJ bilan ko'tarilgan masala bo'yicha aniqlik kiritilgani sababli shikoyat xatini e'tiborsiz qoldirilishini so'ragan.

O'zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi MCHJ raxbariyatining yozma murojaatiga qaramay, “O'zbekiston temir yo'llari” AJga 61,7 mln. so'm mablag'ni “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJga qaytarib berish bo'yicha 2019 yil 13 maydan 21/16-sonli Qaror qabul qilgan.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, bugungi kunda asossiz ravishda undirilgan deb hisoblangan 61,7 mln. so'm mablag' to'g'ri hisoblanganligi sababli “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi MCHJ bilan o'zaro  kelishuv (mirovoe soglashenie) tuzildi.

Qayd etish joiz, “Uzbekiston temir yo'llari” AJ temir yo'l tizimidagi xizmatlarini amaldagi xalqaro va mahalliy  me'yoriy hujjatlarga tayangan xolda shaffoflilik bilan olib borilishiga qat'iy e'tibor qaratib faoliyat yuritadi.

Logistika, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi