
O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati
Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98 Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha |
Vokzal ma’lumotxonasi 1005 (Kecha-kunduz) |
Anomal issiqlik poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanishiga yana sabab bo'lmoqda
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati shuni ma'lum qiladiki, Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch- Xiva, Toshkent - Qo'ng'irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo'nalishlarida qatnovchi yo'lovchi poezdlarining harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida poezdlar tezligiga cheklov belgilandi. Bunga sabab yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tomonidan yo'lovchilarga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo'lga qo'yildi.
"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati o'z mijozlariga ko'rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi
.
"O'ztemiryo'lo'lovchi" AJ