O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Toshkent temir yo‘l muhandislari institut bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi

05.07.2019 2032

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 15 ta mutaxassislik bo‘yicha 80 nafar talabaga magistrlik va 20 ta mutaxassislik bo‘yicha 1013 nafar talabaga bakalavr diplomi diplomlari topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari ishtirokidagi tantanali tadbirda, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.
Marosimda institut rektori Ma’rufjon Rasulov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi. Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi.

Bitiruvchilar institut rahbariyatiga, professor va ustozlariga ta’lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdilar hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirilgan bilimlarini mustaqil O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llashga ahd qildilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, joriy yildan boshlab o’qishni imtiyozli tamomlagan bitiruvchi bakalavrlar uchun  Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining ramziy belgisi taqdim etish an'anasi yo’lga qo’yildi.





Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti