O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Qo'qon MTU: Yangi o'quv-mashg'ulot markazi bunyod etildi

01.07.2019 1852

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatining har bir korxonasida, stansiyalarda, uchastka yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlash, ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishini nazorat qilish asosiy talablardan biri.

Buning uchun soha xodimlari ishtirokida o'quv amaliyotlarini tashkil etib, tajriba va malakasini oshirishga mas'uliyat bilan yondashiladi. Xususan, “Qo'qon mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK hududida “O'quv mashg'ulot markazi” tashkil etildi. Uzel rahbariyati va yetakchi mutaxassislar ishtirokida qisqa muddatda puxta va sifatli ishlab chiqilgan loyiha asosida 4000 kvadrat metr hududda tarmoqning barcha yo'nalishlarini o'zida qamrab olgan o'quv poligoni xalqaro talablarga javob beradigan ko'rinishda bunyod etildi.

– Yangi bunyod etilgan markazda mamlakatimiz temir yo'l transportining barcha asosiy yo'nalishlari bo'yicha o'quv va amaliy mashg'ulot o'tkazish uchun o'quv poligoni tashkil etildi, – deydi Рersonalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig'i Muxsinjon Mamasidiqov. – Ushbu markaz nafaqat sohaga endi qadam qo'ygan yosh mutaxassislar bilim ko'nikmaklarini oshirishga, balki uzoq yillik tajribaga ega xodimlarimizni ham o'z yo'nalishlari bo'yicha tajribasini boyitib borishiga, ish jarayoni qonun-qoidalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishida katta samara berishi shubhasizdir. O'quv poligonida tashishlarni tashkil etish, vagon xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, signallashtirish va aloqa, elektr ta'minoti, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo'yicha yoshlar o'z bilim va ko'nikmalarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan oshirib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.   
              
Temir yo'l transportida asosiy yo'nalishlar va harakat xavfsizligini ta'minlashga aloqador barcha soha qamrab olingan o'quv poligonida tashishlarni tashkil etish yo'nalishi bo'yicha stantsiya navbatchisi xonasi qurilib, poligondagi stantsiya yo'llari, svetoforlar va strelkali o'tkazgichlar ga ulangan pult-tablo o'rnatildi. Vagon xo'jaligi bo'yicha o'quv poligoniga vagon o'rnatilib, zaruriy ehtiyot qismlar bilan ta'minlandi. Ishchilarga vagon qismlarining nosozligini aniqlash va ularni qanday bartaraf qilish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Yo'l xo'jaligi bo'yicha tashkil etilgan o'quv poligoniga temir yo'l yotqizilib, ish jarayonida zarur bo'ladigan barcha extiyot qismlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari temir yo'llardagi nosozliklar, ularni bartaraf etish bo'yicha texnik mashg'ulotlar o'tkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Signallashtirish va aloqa xo'jaligi hamda Elektr ta'minoti xo'jaliklari bo'yicha o'quv poligonida rele qurilmalari, svetoforlar, aloqa vositalari, kontakt tarmog'i o'rnatilgan bo'lib, ulardan to'g'ri foydalanish, nosozliklarni bartaraf qilishni amaliy jihatdan o'rganishlarlari mumkin.        
   
Shuningdek, yig'ilishlar va texnik mashg'ulotlar o'tkazish uchun xonalar tashkil qilinib, ular zamonaviy texnik vositalari, ko'rgazmali qurollar va plakatlar bilan ta'minlandi.





Axborot-tahliliy media markazi