O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchi poyezdlarining harakat jadvalidagi o'zgarishlar haqida

25.06.2019 866


Ma'lumki, 2019 yil 24 iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yuzaga kelgan portlash natijasida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ tomonidan poyezdlar harakatini, shu jumladan, yo'lovchi poyezdlarni to'xtatdi. Quyidagi yo'lovchi poezdlarining Arys stansiyasi orqali harakat qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to'xtatiladi:

№5/6   Toshkent – Moskva
№149/150  Andijon – Moskva
№315/316  Toshkent – Qozon
№369/370  Toshkent – Novosibirsk
№381/382  Toshkent – Ufa
№365/366  Toshkent – Chelyabinsk
№321/322  Olmaota – Nukus 
№2/1  Olmaota – Toshkent

Mazkur yo'nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo'lovchilar temir yo'l kassalariga yo'l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to'laligicha qaytariladi.

Hozirgi paytda harakati to'xtatilgan poyezdlardagi qariyib 160 nafar yo'lovchi Toshkent shahriga eson-omon avtobuslarda etkazildi.

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

"O'ztemiryo'lovchi" AJ