O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Tasviriy san'at galereyasi Toshkent metropolitenida

30.05.2019 3340

Yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash, ayniqsa ularning ijodiy  salohiyatlarini barchaga namoyish etish maqsadida “Toshkent Metropoliteni” UK 1 iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan "Metro yo'lovchining ko'z o'ngida" mavzusida tasviriy san'at ko'rgazmasini tashkil etdi.

Ko'rgazma 28-31 may kunlari Alisher Navoiy va "Paxtakor" stantsiyalarining kesishgan joylarida bo'lib o'tadi. 1 iyundan boshlab, soat 10:00 dan 15:00 gacha metro yo'lovchilari orasida ovoz berish yo'li bilan "Eng yaxshi tasviriy san'at" nominatsiyasi g'olibi aniqlanadi.  

G'oliblar shu kunning o'zida soat 17:00 da e'lon qilinib, qimmatli sovg'a va pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Barchani ushbu tasviriy san'at ko'rgazmasiga taklif etamiz.

Axborot-tahliliy media markazi