O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi tuhfa – yangi stadion

29.05.2019 2511

Yozgi ta’til arafasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan 4-umumta'lim maktabi o’quvchilariga "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan ajoyib sovg'a taqdim etildi. Bolalarning quvonchlariga quvonch ulashgan yangi stadion tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Minifutbol va boshqa sport turlari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan ushbu maydonning usti tabiiy o't bilan qoplangan bo’lib, to'p maydondan tashqariga chiqmasligi uchun maxsus metall to'r panjaralari ham o'rnatildi.

So’nggi bir oy ichida yurtimizning temir yo'l ma’muriyati tomonidan ikkinchi marta taqdim etilgan tuhfadir. Ma'lumki, joriy yilning 19 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni adabiyot, san'at, madaniyat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi. Unda ayniqsa yosh avlod o'rtasida kitob o'qishni targ'ib qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Shu munosabat bilan Respublika bo'ylab #bookchallenge aksiyasi o'tkazilmoqda. 

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi v.b. Xasilov X.N. Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan o'zi o'qigan 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga 200 dan ortiq kitob sovg'a qildi. Shuningdek,  tadbir davomida maktab o'quvchilari uchun kompyuter va ko'plab  qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi. 

Xasilov X.N o'quvchi va pedagoglar bilan suhbatlashar ekan, bugungi kundagi adabiyotning o'rni va mutolaa madaniyati xususida to'xtalib, kitob ma'naviyatni yuksaltiruvchi bebaho xazina ekanligini alohida ta'kidladi. 

Axborot-tahliliy media markazi