O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Istiqbolli loyihalar: Konteynerda yuk tashishning imkoniyatlari

13.05.2019 2645

Bugun, 13-may kuni Qozog'istonning Aktau portidan ilk bor Aktau – Toshkent konteyner poezdida “O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli o'nta fitingli platformaga o’rnatilgan 20 ta yigirma futli konteynerlar yo’lga chiqdi.  

Bu O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Eron va Turkmaniston temir yo'l ma'muriyatlarining Trans-Kaspiy xalqaro transport marshruti bo'ylab yuk tashishni yanada rivojlantirish bo'yicha samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bo'lib, O'zbekistonga qarab birinchi tranzit konteynerlari yo’lga qo'yildi.


Ta'kidlash joizki, bugungi kunda O'zbekiston temir yo'llarida konteyner tashish masalalari bo'yicha tadbirkorlar uchun imkoniyatlar kengaytirilmoqda.  “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati va uning tasarrufidagi filiallar temir yo‘l tarmog'ining asosiy yuk qabul qilib oladigan va jo‘natadidigan, shuningdek,  respublikamizning turli hududlariga hamda xorijga eksport-import qilinayotgan yuklarni sifatli tashib kelayotgan korxonalaridan biri.   

Shu bois mijozlar ishonchini oqlash, yuqori darajadagi servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkorlar uchun qator qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ning Toshkent filiali tarkibidagi Chuqursoy Sergeli, Xovos logistika markazlarida konteyner yuklarini ortib-tushirish ishlari samarali bajarilayapti.  Shuningdek, Ohangaron va Jizzax uchastkalarini ishbilarmon doira vakillarining ishonchli hamkoriga aylantirish maqsadida logistika markazilarini tashkil etilishi rejalashtirilgan.   

Mazkur uchastkalarning barchasida yuk qabul qilish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank filiallari, valyuta ayriboshlash, bankomat, bojxona, katta yuk omborlari, hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari, qolaversa, yuklarni belgilangan manzilga yetkazib berish uchun yuk mashinalari ham tashkil etilgan.   

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ning Toshkent filiali tarkibidagi Sergeli uchastkasi ham yuk qabul qilib, jo‘natadigan asosiy uchastkalaridan biri.  Bugungi kunda  “UNICO LOGISTICS”, “Inter Rail servis”, “GM Uzbekistan” kabi yirik transport kompaniyalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur transport kompaniyalari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Fransiya davlatlariga dukkakli mevalar, yarim tayyor uzum sharbatlari, qizilmiya ildizi kabi mahsulotlar eksport qilinyapti. U yerlardan esa qog'oz, metall, qurilish mollari, avto va elektrotexnika ehtiyot qismlari keltirilmoqda.   

Konteynerlarda kelayotgan import mahsulotlari yuk saroylarida tushirilib, shu yerning o‘zida hujjatlar rasmiylashtirilayapti hamda bojxona nazoratidan o‘tkazilyapti  va  oz manziliga yetkazilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi