O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Mahalliy yo‘nalishlar, chegirma va imtiyozlar

07.05.2019 6926

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda yo‘lovchi tashish sifatini oshirish, temir yo‘l vokzali va poyezdlarda yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish, ichki turizmni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
 
Ma'lumki temir yo'l sohasida yo'lovchilarni tashish bo'yicha ishlar bevosita "O’ztemiryo’lyo’lovchi" tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 17 ta mahalliy yo‘nalishlarda qatnovlar amalga oshirilmoqda. Bular Toshkent – Qo‘ng'irot, Toshkent – Urganch – Xiva, Toshkent – Urganch – Shovot, Buxoro – Xiva, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Buxoro (Sharq), Toshkent – Termiz, Toshkent – Sariosiyo, Toshkent – Qarshi – Termiz (Shahrisabz), Toshkent – Andijon, Andijon – Toshkent – Urganch, Andijon – Toshkent – Termiz, Andijon – Toshkent – Buxoro yo‘lovchi poyezdlaridir. Shuningdek, “Afrosiyob” elektropoyezdlarida Toshkent – Samarqand, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishlarida aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Zamonaviy elektropoyezddan tashqari barcha qatnovlar Toshkent Janubiy vokzali orqali amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi, “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari “O‘zbekiston”, “Sharq”, “Registon” tez yurar yo‘lovchi poyezdlar qatnovi ham joriy etilgan. 

Shuni ta'kidlash kerakki, fuqarolarning muayyan toifalariga (talabalar, nogironlar va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun) chegirmalar va imtiyozlar tizimi mavjud. Xususan, 2017 yil 18 yanvarda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq mahalliy yo‘nalishlarda Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari aholisi (pensionerlar)ga muntazam chegirmalar joriy etiladi. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan o‘tgan 2018 yilda mahalliy yo‘nalishlarda jami 4 mln. 700 ming nafar yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yilgan. E'tiborlisi, yil davomida 740 ming nafar yo‘lovchi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd xizmatidan foydalangan. 


IZOH: Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi  1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma’lumotxonalarining telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi