
O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati
Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98 Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha |
Vokzal ma’lumotxonasi 1005 (Kecha-kunduz) |
Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy ofat bo'yicha bayonot
2019 yil 30 aprel kuni soat 21:25 da Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg'on temir yo‘lining Oqrabot – Chashmaihofizon temir yo‘l uchastkasining 103 km.da (Oqrabot stansiyasidan 8 km uzoqlikda) poyezd harakatining o‘ng tomonida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi.
Yer ko‘chkisi o‘sha vaqtda ushbu uchastkadan №081-sonli Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi harakatlanayotgan edi va poyezdning 3 ta vagoni harakatdan to‘xtadi. Mazkur poyezd ishchi-xodimlari (brigadasi) tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan tezkor say’i-harakati tufayli barcha yo‘lovchilar poyezdning qolgan vagonlariga ko‘chirildi va joylashtirildi. Qayd etish joiz, mazkur holatda jabrlanganlar yo‘q. Barcha buyum va hujjatlar o‘z egalariga yetkazildi.
Soat 22:10 da №081-sonli poyezd “Dehqonobod” stansiyasiga yetib keldi. U yerda yo‘lovchi poyezdi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, shuningdek, yo‘lovchilarni joylashtirish maqsadida qo‘shimcha ikkita vagon ulandi. Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi o‘z manziliga yetib bordi.
Hozirgi vaqtda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismi va po‘lat izlari tiklandi. Yuk tashish va yo‘lovchi poyezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘chki sodir bo‘lgan hudud "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
I Z O H : Ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan fotosuralarda po'lat izlarining qayta tiklash jarayoni aks ettirilgan.
Axborot-tahliliy media markazi