O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

30.04.2019 3489

Kuni kecha Markaziy temiryo‘lchilar madaniyat saroyida transport logistikasidagi muammolar yuzasidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda transport sohasining barcha mutasaddi vakillari, Respublika transport prokuraturasi va tegishli tashkilotlardan mutaxassislar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 120 nafardan ortiq ishbilarmon qatnashdi. Unda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’sullardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga ba’zi muammolar shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. 

Yig‘ilish davomida eksport, import, tranzit yuk tashishlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan barcha transport turlarida yuk jo‘natish va qabul qilish, qo‘shimcha qulayliklar yaratish, preferensiyalar taqdim etish, tarif siyosati borasida takliflar bildirildi. 

Anjuman yakuniga ko‘ra, ishbilarmonlar talab va takliflar yordamida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, shu orqali yuzaga kelgan muammolarni hal etish belgilab olindi. Endilikda bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etishga kelishildi.

Axborot-tahliliy media markazi