O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun uyushtirilgan tadbir

24.04.2019 3814

"Anhor-Lokomotiv" istirohat va ko'ngilochar bog'i mamuriyati xayirli ishga qo'l urdi. Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli mehribonlik uyi bolajonlari uchun madaniy tadbir uyushtirildi.

Chinakam bayramga aylangan ushbu uchrashuv O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish buyicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida belgilab olingan qator vazifalar doirasida tashkil etilgan.

Tashrif davomida bolajonlar bog'da sayr qilib, turli attraktsionlarda uchish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Shuningdek mazzali muzqaymoqlarni ta'tib esdalik uchun sovg'alarni xam qabul qilib olishdi. “Anhor-Lokomotiv” mamuriyati tomonidan o'zbek va jahon adabiyotining eng yorqin va durdona asarlarining namunalari tantanali ravishda topshirildi.

Bo'lib o'tgan tadbir chinakam bayramga aylanib, bolajonlarga olamg'olam quvonch bag'ishladi. Taasurotlarga boy ushbu kun jajjilarning xotirasida uzoq saqlanib qolishi shubhasizdir.

Axborot-tahliliy media markazi