O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

2019 yil abiturientlari diqqatiga!

23.04.2019 5185


Toshkent temir yo'l muhandislari instituti tayyorgarlik kurslariga taklif etadi. O’qish OTM kirish imtixonlar bo’yicha (Davlat test markazi materiallari asosida) amalga oshiriladi:

Fan va mutaxassisliklar bo'yicha: 

- texnika yo'nalishida - rus tili, matematika, fizika;
- iqtisodiy yo'nalishida -  rus tili, matematika, ingliz tili.

O'qitish dushanba – shanba kunlari soat 14:00 dan 17:20 gacha o'zbek va rus tillarida olib boriladi.

O’qish davomiyligi: 2019 yil 1-maydan 2019 yil 30-iyulgacha.

Tayyorgarlik kurslari da oqish narxi: oyiga 268 000 (ikki yuz oltmish sakkiz ming) so'm (xar bir fan uchun).

Hujjatlarni qabul qilish 2019 yil 25 apreldan 30 aprelgacha amalga oshiriladi – Dushanba - shanba soat 09:00 dan 17:00 gacha (13:00 - 14:00 - tushlik vaqti)
 
Tayyorgarlik kurslariga kirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Shartnoma. Ro'yxatga olish vaqtida ota-onalardan biri bo’lishlari lozim;
2. Tinglovchining to'rtta dona fotosurati (3x4 hajmida);
3. Tinglovchi va uning ota-onasining pasport nusxalari;
4. Akademik litsey, kollej va maktab o'quvchilarining o'quv yurtidan ma’lumotnoma;
5. Shartnoma tuzilganidan so’ng tayyorgarlik kurslarida o'qish uchun to'lov kvitansiyasining nushasini taqdim etish.

Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Odilxodjayev ko'chasi, 1

Ma’lumotlar uchun telefonlar: (71) 299-04-80, (71) 299-03-61

Elektron manzil: tashiit@edu.uz

Axborot-tahliliy media markazi