O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Boshtransloyiha” AJ: Yangi loyihalar, yangi rejalar

23.04.2019 5203

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amalga oshirayotgan deyarli barcha loyihalar “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati muhandis-konstruktorlari tomonidan ishlab chiqiladi. 

Korxonada loyiha oldi hujjatlar, texnik iqtisodiy asoslar (TEO), yangi temir yo‘l liniyalari, temir yo‘l shaxobchalari, sun’iy inshootlar, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, temir yo‘l vokzali va sohaga oid binolar, yer osti o‘tish yo‘li, temir yo‘larni elektrlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlanmalar tayyorlanadi. Shu kungacha aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan sohada bir qancha yirik loyihalar hayotga tadbiq etildi. 


Xususan, Navoiy – Uchquduq – SultonUvaystog' – Nukus, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg’on, Angren – Pop, Buxoro – Miskin hamda Afg'onistondagi Xayraton – Mazori-Sharif yangi temir yo‘l liniyalarini qurish, Toshkent – Samarqand, Samarqand – Buxoro temir yo‘l uchastkasida yuqori tezlikda yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish, Pop – Qo‘qon – Andijon, Qarshi – Termiz liniyalarini  elektrlashtirish ishlari mutaxassislar bergan hisobotlarga ko‘ra amalga oshirilgan.

Hozirda korxona muhandislari ishlanmalariga ko‘ra, Pop – Namangan – Andijon va Maroqand – Navoiy liniyalarida elektrlashtirish, «Toshkent-Sharqiy» aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksi, poytaxtimizdagi Sergeli va yer usti xalqa metro yo‘li, Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik, Ohangaron va Parkent ko‘chalari kesishmasida shu kungacha yurtimizda qo‘llanilmagan 3 pog'onali yo‘l o‘tkazgichni qurish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Mazori-Sharif – Hirot, Mazori-Sharif – Qobul – Peshavor, O‘zbekiston – Qirg'iziston – Xitoy yangi temir yo‘l liniyasini qurish, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish kabi loyihalarning oldi hujjatlari tayyorlanmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi