O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O‘zbekiston-Tojikiston: Temiryo‘lchilar tomonidan barpo etilayotgan maktab yil oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi

19.04.2019 2744


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyuldagi 570-sonli farmoyishiga ko‘ra “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Tojikiston Respublikasi So‘g'd  viloyati, Spitamen tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi majmuasini qurish va asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasini  amalga oshirmoqda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mablag'i hisobidan barpo etilayotgan ushbu majmua “O‘zshaharsozlikLITI” Davlat unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bunyodkorlik ishlari Tojikiston Respublikasi Fan va ta'lim vazirligi, hukumat qoshidagi arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda So‘g'd viloyati rahbariyati bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Qurilish uchun 2,1 gektar maydon ajratilgan. 

Hozirgi kunda maktab binosi to‘liq qad rostlagan bo‘lib, barcha beton olish va ichki devorlarni qurish, tom yopish ishlari to‘liq yakunlandi. Shuningdek, elektr montaj, ichki va tashqi pardozlash, eshik va oyna romlarini o‘rnatish ham nihoyasiga yetkazildi. Ayni paytda hududda qozonxona va nasos stansiyasini qurish, temir panjaralar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Yana shunday amalga oshirilgan ishlardan biri o‘quvchilar uchun ushbu maskanda 180 metr chuqurlikdan ichimlik suvi qazib chiqarildi. Qurilish-montaj ishlariga 150 nafarga yaqin quruvchilar, muhandis- texnik xodimlar va 10 dan ortiq zamonaviy texnikalar jalb etilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilayotgan umumiy o‘rta ta'lim maktabi joriy yil so‘nggida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Axborot-tahliliy media markazi