O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Ugam-Chotqol davlat biosfera rezervati” unitar korxonasi haqida eshitganmisiz?

17.04.2019 6022

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ugam-Chotqol davlat biosfera rezervati” unitar korxonasi Ohangaron, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida 50 ming gektardan ortiq bo‘lgan xusnkor maskanda joylashgan bo‘lib, bu yerda o‘simlik va yovvoyi hayvonot olami muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonada mutaxassislar yovvoyi hayvonot olamini ko‘paytirish barobarida, dorivor o‘simliklar genetikasi bilan shug'ullanishadi. 

Biosfera rezervati hududida umumiy maydoni 11018,0 gektar bo‘lgan “Boshqizilsoy” qo‘riqxona uchastkasi YUNESKO xalqaro tashkilotining Butunjahon tabiiy merosi va biosfera rezervatlari ro‘yxatiga kiritilib, qo‘riqxona rejimi saqlanib qolingan. Bu yerda hozirgi vaqtda Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining ilmiy bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tadqiqotlar olib borilmoqda.

Qo‘riqxona hududida hozirgi kunda 242 tur umurtqali xayvonlar, 2 tur amfibiya, 184 qushlar, 2 tur baliq ro‘yxatga olingan. Shu jumladan o‘simliklarning 1148 ko‘p tarqalgan turi, murakkab gullilarning 152 turlari mavjud bo‘lib, shulardan 33 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 

Qo‘riqxonada fenomaydonlar ham mavjud. Unda asosan o‘simlik dunyosini mavsumiy o‘zgarishlari yil davomida kuzatiladi va o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi. Fenomaydonlarda asosan 32 tur o‘simlik va 32 tur daraxtlar kuzatiladi. 

Parkent tumani Kumushkon tog'li hududlarida o‘rmonlarni tiklash va mevali daraxtlarni ko‘paytirish maqsadida 3000 tup yong'oq va yana shuncha bodom urug'lardan ekilgan. Bundan tashqari manzarali daraxtlar o‘stirish bo‘yicha ko‘chat yetishtirish markazi ham tashkil etildi. Unda Virgan archasi, Kanada Bagrani, Shum tol, Botqoq sarvisi (kiparis), Eldor qarag'ayi, Go‘zal katalpa, Sariq akatsiya, Ginkobiloba, Pikan, Kashtan, Piromedal eman, g'alvir yong'oq ko‘chatlari ekildi. Shu bilan birga beryoza, magonya, kashtan, eman, hind sirena urug'lari sepildi.      
Shuningdek, mazkur hududda o'tgan yildan bоshlab asalarichilik faoliyati yo’lga qoyilgan. O’tgan yili 400 dan ortiq asalarilar oilasi tomonidan 3 tonnadan ziyod shifobaxsh tog' asal yig'ib olindi. Bu yilda esa 4 tonna asal olish rejalashtirilmoqda.     

Qo‘riqxona hududi chegaralarini belgilash va mahalliy aholining chorva mollarini hududga kirishi, aholining noqonuniy kirishining oldini olish maqsadida chegaralarga 120 dan ortiq ogohlantiruvchi belgilar (anshlag) o‘rnatilgan. 

Hozirgi kunda biosfera rezervatining so‘lim go‘shalarida ekoturizmni rivojlantirish, ya'ni chet ellik sayyohlarga ekoturizm xizmatlarini taqdim etish, shu bilan birga, tog'li hududlarda yog'och uylar, yurtalar va milliy analarimizga mos bo‘lgan sinchlik uylar qurib, dam oluvchilarni jalb etish va ularga otda tog' bo‘ylab sayohat, ekstrimal turizm va boshqa turdagi dam olish turlari tavsiya etilishi nazarda tutilgan bir qancha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes rejalar tayyorlanib, belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustida ishlar olib borilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi