O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Salomatlik” poyezdi navbatdagi safarini amalga oshirdi

09.04.2019 3019

Ma‘lumki, har yili an'anaviy tarzda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda “Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorlikda respublikamizning chekka hududlariga “Salomatlik" tibbiy-sanitariya yordami poyezdi tashkil etilib, bir guruh malakali shifokorlar ishtirokida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Joriy yilning 19-27 mart kunlari navbatdagi “Salomatlik" poyezdi Navoiy viloyatining chekka tumanlarida yashovchi aholiga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatdi.  Malakali shifokorlar bilan birga fondning Navoiy viloyati ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari hamkorlikda faoliyat olib bordi. Poyezd “Tinchlik”, “Konimex”, “Qora-qata”, “Mustaqillik”, “Qizilquduq”, “Buzaubay” va “Uchquduq” stansiyalarida bo‘lib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatdi. Safar davomida tibbiyot xodimlari markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug'ruq komplekslari, ko‘zi ojiz, aqli zaif, kar-soqov bolalar maxsus maktab-internatlarida ham bo‘lishdi.          

Tibbiy ko‘rik davomida laboratoriya tahlillariga va zamonaviy tekshirish usullariga tayangan holda aniq tashxislar qo‘yildi. Shu bilan birga kardiolog, terapevt, pediatr, oftalmolog, akusher-ginekolog, urolog, travmatolog va nevropatolog kabi mutaxassislardan iborat guruh aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.  

Ta'kidlash lozim, o‘tgan yili “Salomatlik" poyezdi mutaxassislari 5 ming 586 nafar kishini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 

Axborot-tahliliy media markazi