O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Qashqadaryo viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatiga izoh berdi

06.04.2019 5274


Joriy yilning 6 aprelga o’tar kechasi g'ayritabiiy ravishda bo’lib o’tgan yog'ingarchilik tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oqrabot qishlog'ida ko'chki yuzaga kelishi temir yo'lning izlarini pasayishiga sabab bo'ldi.

Hozirda temir yo’lining ustki qismni tiklash va mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ushbu yo’l vaqtincha yopildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan to’xtatilgan yuk poezdining elektrovoz ishchi-xodimlarini tashish uchun avtobus tashkil etildi. 

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining rahbariyati, xususan Boshqaruv raisi v.b. X.Xasilov tabiiy ofat oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida voqea joyiga yetib bordi.

Ta’kidlash lozim, tabiiy hodisa natijasida jabrlanganlar yo'q, yuk poezdining barcha vagonlari shikastlanmagan.

Bugun kechgacha ushbu temir yo’l uchastkasini to'liq tiklash ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda.


Axborot-tahliliy media markazi