O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

«O'zbekiston temir yo'llari» AJda Axborot-tahliliy media markazi ochildi

01.04.2019 3267

Konseptual jihatdan yangi modeldagi axborot-tahliliy ko'makni tashkillashtirish maqsadida «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tizimidagi mavjud Axborot bilan ta'minlash, jamoatchilik bilan aloqalar va tarmoq gazetasi tahriryati negizida Axborot-tahliliy media markazi tashkil etildi. 

Mazkur Markazning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

1. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan axborot ta'minoti masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlikning sifatini oshirish;
2. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ faoliyatiga hamda boshqa dolzarb masalalarga bag'ishlangan brifing, matbuot anjuman, davra suhbat, mediaturlarni tashkil etish;
3. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda dunyodagi temir yo'llar sohasiga oid so'nggi tendentsiyalar borasida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
4. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy so'rovnomalarni tashkillashtirish, takliflarni jamlash, qayta ishlash va ko'rib chiqish;
5. Video va fotomateriallarni tayyorlash va jamoatchiliikka taqdim etish, shu jumladan, global tarmoq (Internet), ommaviy axborot vositalari va boshqalar orqali.

Ta'kidlash joizki, mazkur Markaz faoliyatida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan o'zaro hamkorlikni yuqori darajada yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratiladi. Axborot-tahlil media markazi yuqori malakali, sohaga oid bilim, ma'lumot va ko'nikmaga ega bo'lgan ijodiy mutaxassislarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, Markaz negizida tarmoq «Temiryo’lchi» gazetasi o'z nashriyotini davom etadi.

Axborot xizmati