O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Mahalliylashtish dasturi amalda

27.03.2019 3954

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Urganch ekskavator zavodi” aksiyadorlik jamiyatida mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2018 yil mazkur korxonada ko‘plab yangi turdagi mahsulotlar tayyorlandi.


Xususan, bino va inshootlarning avtomobil kirish yo‘llarini to‘suvchi avtomatlashtirilgan maxsus moslamalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan  ikki yil davomida buyurtmaga ko‘ra 9 dona ana shunday jamlanma mijozlarga yetkazib berilgan. Shu bilan birga zavod ishchi-xodimlari tomonidan 30 turadagi lokomotiv va 3 turdagi yuk vagonlarning butlovchi qismlari ham tayyorlandi. 2,5 mlrd. so‘mlik xalq xo‘jaligi mollari tayyorlandi. 

Yana bir yangilik. Zavodda o‘tgan yildan boshlab yangi ko‘rinishdagi er osti avtomatlashtirilgan chiqindi tashlash moslamasini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Hozirgi kunda namuna sifatida 3 ta jamlanma tayyorlangan. Ushbu mahsulotga bo‘lgan talab mijozlar tomonidan ortib bormoqda.   

2019 yilda “Urganch ekskavator zavodi” aksiyadorlik jamiyatida yuk vagonlari harakat qismining ehtiyot qismlarini  ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 

Axborot xizmati