O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Zamonaviy vokzal imkoniyatlari

25.03.2019 4699

Andijon vokzali nafaqat shahar me’morchiligi, balki viloyat ijtimoiy infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. 2016 yilning iyun oyida foydalanishga topshirilgan ushbu maskan bir vaqtning o‘zida 350 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.


Vokzalda ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, sayyohlar uchun valyuta ayirboshlash shoxobchasi, yozgi zal, yuklarni saqlash zali va qo‘l yuklarni tashish kabi xizmatlar yo‘lovchilar ixtiyorida. Ayniqsa, jahon andozalariga to‘la javob beradigan “VIP” zali o‘zining milliy bezaklar bilan uyg‘unlashgan zamonaviy ko‘rinishi hamda shinamligi bilan yo‘lovchilarning e’tiborini tortmoqda. 

Vokzalda bugungi kunda mahalliy yo‘nalishda Andijon-Toshkent-Andijon, Andijon-Termiz-Andijon, Andijon-Xiva-Andijon, Andijon-Buxoro-Andijon,  shaharlararo yo‘nalishda Andijon-Qo‘qon-Andijon (Marg‘ilon orqali) Andijon-Qo‘qon-Andijon (Namangan orqali),  xalqaro yo‘nalishda esa Andijon-Moskva-Andijon yo‘lovchi poezdlariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Ushbu maskanda o‘tgan yilda 235 ming 474 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Hozirda vokzal kassalaridan bir kunda 600 ga yaqin chipta sotilmoqda. 

Vokzal jahon standardlariga to‘la mos keladi. Xavfsizlik yuzasidan tashqi tomoni temir to‘siqlar bilan o‘ralgan, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Vokzalning salobati va hashamatini yanada oshirish, toza-ozoda saqlash maqsadida barcha chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Old maydoni obodonlashtirilib, ulkan xiyobon, favvora va avtomobillar uchun turar joylar barpo etilgan. 

Axborot xizmati