O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Temiryo‘lchilar xalqaro konferensiyada

13.03.2019 4500

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Eron Islom Respublikasi poytaxti Texron shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotning dengiz bo‘yi davlatlari vakillarining 5-yig'ilishida ishtirok etdi.    

Unda Xalqaro dengiz tashkiloti, BMTning Savdo va rivojlanish konferensiyasi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi, Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi vakillari hamda qator boshqa mamlakatlar yuk tashish bo‘yicha kompaniya va tashkilotlar qatnashdi.

Anjumanda bir qator xalqaro masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Jumladan, dengiz transporti sohasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli, kemalar qatnovini shakllantirish, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hududidagi portlardan birgalikda, oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida dengiz va quruqlikda yuk tashish bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish xususida so‘z yuritildi. Kaspiy dengizi, Ummon va Fors ko‘rfazi bo‘ylab qo‘shimcha transport tizimini tashkil etish va taraqqiy ettirish borasida fikrlar bildirildi.   
  
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1985 yil tashkil etilgan bo'lib, 1992 yilda Tojikiston, Qirg'iziston, Afg'oniston, Turkmaniston, Qozog'iston davlatlari qatori O'zbekiston ham tashkilotning doimiy a'zosiga aylangan.

Axborot xizmati