O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yana bir vokzal zamonaviy qiyofaga ega bo‘ladi

12.03.2019 2849

     “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish, xavfsiz va tez o‘z manzillariga yetib olishlarini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy, ko‘rkam vokzallar barpo etilyapti, yangi yo‘nalishlarda qatnovlar joriy qilinmoqda.        

      Mamlakatimizning janubiy qismi Termiz shahrida ham ana shunday bunyodkorliklar amalga oshirilyapti. Jumladan, temir yo‘l vokzalini kapital ta'mirlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Dastlab binoning tashqi fasad va tom qismlari ta'mirlanadi. Inshootning kutish va VIP zallari ham zamonaviy qiyofa kasb etadi. Bu yerda yo‘lovchi poezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etiladi. Shuningdek, ona-bola xonasi yangidan jihozlanadi. Zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatiladi va perron ham ta'mirlanadi.  

   

 Bunyodkorlik ishlari doirasida vokzal hududi tubdan obodonlashtirilib, turli xil gul ko‘chatlari va xushmanzara daraxtlar ekiladi. 

Axborot xizmati