O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi yo'nalishdagi yangi hamkorlar

11.03.2019 3973

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Shveytsariyaning “Stadler” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vagonsozlik yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, O‘zbekistonda yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish hududdini tashkil etish, Markaziy Osiyo bo‘yicha eksportni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator istiqbolli loyihalar muhokamasi bo‘ldi. 

Tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan “Stadler” kompaniyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarini sanoat korxonalarida joriy etish, elektrovozning asosiy tortish tizimi, butlovchi qismlarini mamlakatimizga yetkazib berish borasida takliflar bildirildi. Yig'ilishda Shveytsariyada tayyorlangan zamonaviy metro poezdlari va elektrichkalar harakatini O‘zbekistonda joriy etish borasida ham so‘z bordi.  

Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga ham erishildi.

 

Axborot xizmati