O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Sayyohlar uchun yana bir tuhfa

01.03.2019 2940

Ko'xna Xiva shahrida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati yana bir loyihani hayotga tatbiq etish arafasida. Qadimiy kent yaqinida “Xiva lokomotiv” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 3 ta zamonaviy mexmonxona qad rostlamoqda.


Ularning dastlabkisi 74 o‘rinli bo‘lib, 41 ta har xil turdagi xonalardan iborat. Bino 2 qavatli bo‘lib, o‘zida milliy me'morchilik an'analarini aks ettiradi. Sayyohlarga qulay bo‘lishi uchun mazkur bino temir yo‘l vokzali yonida bunyod etilgan. Hozirdi bu yerda so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.     

Navbatdagi mexmonxonalar Ichan va Dishan qal'a oralig'ida joylashgan bo‘lib, 56 hamda 84 o‘rinli. Ushbu inshootlarda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar jahon standarti bo‘yicha joriy etiladi. Xususan, bu yerda yopiq turdagi basseyn va sauna, zamonaviy restoran faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Eng e'tiborli tomoni shundaki, mazkur mexmonxonalardan Ichan qal'agacha piyoda yurib borish mumkin, transportga ham xojat yo‘q. 


Bunyodkorlik ishlari yakunlangandan so‘ng bu yerda 85 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Yana bir yangilik, bu yerda temiryo‘lchilar tomonidan “Xiva lokomotiv” istirohat bog'ini barpo etish ishlari ham qizg'in davom etmoqda. Bog'ning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 22 turdagi zamonaviy attraktsionlar  o‘rnatiladi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, 2500dan ortiq 14 turdagi manzarali daraxt va gullar ekiladi. Shu bilan birga 3 ta musiqali favvora ham bunyod etiladi. Loyiha doirasida 500 kishilik amfiteatr hamda 0,5 gektar ko‘l ham quriladi.  
Yaqin kunlarda dastlabki mexmonxonani foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.    

Axborot xizmati