O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

TRANSMASHHOLDING: "Biz konseptual ravishda yangi yechimlar va ishlanmalarni taqdim etishga tayyormiz!"

28.02.2019 3239

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi v.b. rahbarligi ostida Rossiyaning yirik temir yo'l transporti vositalarini ishlab chiqaruvchilardan biri – "TMX Engineering" MChJ vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Rossiyalik mutaxassislar o'zlarining ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarini namoyish etib, temir yo'l va metropoliten hamda ularning butlovchi qismlarini taqdim qildilar. Xususan, uchrashuv ishtirokchilari O'zbekistonda lokomotiv xo’jaligi, vagon-motor yo'nalishi, signalizasiya va raqamli tizimlar bo’yicha takliflarini bildirib, yurtimiz iqlim sharoitlarida joriy qilish mumkin bo'lgan mahsulotlari xususida ma’ruza tinglandi.

Rossiyalik mutaxassislar kompaniyaning konstruktorlik bo'linmalarining muvaffaqiyatlari bilan atrofdagilarni tanishtirdilar. Jumladan, “Yermak” rusumli 3ES5K elektrovozlarning ustun jihatlarida alohida to’xtalib o’tildi. O'zbekistonlik mutaxassislar tomonidan kollektorli motorlari bilan jihozlangan yuk elektrovozlariga yuqori baho berish bilan birgalikda, ularni yurtimiz sharoitida qo’llash, texnik tomonidan moslashtirish masalalarini (texnik xususiyatlari va uskunalarning ishlashiga ta'sir qiladigan harorat rejimlari) muhokama qilindi.  

Shuningdek, bugungi kunda elektrifikasiyaning afzalliklari hamda elektrovozlar parkini kengaytirish dolzarb vazifa ekanligiga alohida e'tibor qaratildi.

Muzokaralar chog'ida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining texnik auditiga texnik talablarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Suhbat so’ngida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning samaradorligini hamda, hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiq va shubhasiz, ijobiy natijalarga olib kelishi alohida ta'kidlandi.

Axborot xizmati