O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Vodiydagi bunyodkorlik

19.02.2019 3227

“Pop-Namangan-Andijon temir yo'l liniyasini elektrlashtirish” bo'yicha bunyodkorlik ishlari qizg'in davom etmoqda. Mazkur loyiha  “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. 

Elektrlashtirish ishlari bilan birga ushbu liniyaning Uychi-Uchqo'rg'on uchastkasida umumiy uzunligi 6,7 kilometr yangi magistral barpo etilmoqda. Mazkur yo'nalish bo'ylab 3 yangi maxsus binolar quriladi, shuningdek 8 tasi rekonsruktsiya qilinadi.

Hozirda “Ko'prikqurilish” tresti unitar korxonasi ishchi-xizmatchilari tomonidan Norin daryosi (uzunligi 270 metr), Andijon (uzunligi 65 metr) va Farg'ona (uzunligi 65 metr) kanallari ustidan o‘tuvchi temir yo'l ko‘priklarini qurish ishlari jadal sur'atda davom etmoqda.  Ayni paytda inshootlarning asosiy tayanch ustunlari o'rnatilib, to‘sinlar mustahkamlanmoqda. E'tiborlisi, loyiha doirasida uzunligi 96 metr bo'lgan tunnel ham barpo etiladi. Shu kungacha temiryo'lchilar tomonidan Uychi-Uchqo'rg'on uchastkasida 1 kilometr yangi temir yo‘llar yotqizilgan. 560 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. 

Mazkur loyihalar hayotga tadbiq etilgach bu yerda shaharlararo zamonaviy poezdlar harakati yo'lga qo'yiladi. 

Axborot xizmati