O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Tadbirkorlar ishonchini qozongan konteyner ekspress-yuk poezdi

11.02.2019 245

“O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018-yil oktyabr oyidan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yangi ekspress konteyner yuk poezdi qatnovi yo’lga qo’yilgan edi. Bugungi kunda ekspress konteyner yuk tashuvlar Toshkent – Pop – (Roustan) – Marg’ilon – Andijon yo’nalishida muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Yo'lga qo'yilgan konteyner yuk poezdi orqali tashuvlar o'zini qulay, xavfsizligini isbotladi va ko'p tadbirkorlarning ishonchini qozondi. Konteyner ekspress – yuk poezdining asosiy afzalligi – uning belgilangan tarifdagi yuk tashishning kam harajatligidir. Yuklarni Toshkent va Andijon oralig'ida tadbirkorga yuk turi va uning hajmidan qat'iy nazar har bir konteyner uchun to'lanadigan  umumiy to'lov hisobi bilan o'lchanadi va 1.000.000 dan 2.000.000 so'mni tashkil qiladi. 

E'tiborlisi, yuk egalariga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati yuk tashuv narxiga platformaga konteynerni yuklash va yuk tushirish ham kiritilgan. Afzallikning yana bir tomoni – poezdlar harakatining qulayligi va yuk tashuvlarni rasmiylashtirish  soddalashtirilgan. Tadbirkorlar har haftada aniq jadval asosida tashuvlarni qabul qilish va jo'natishlarni amalga oshirishlari mumkin, buning uchun tegishli stantsiyaga murojaat qilish kifoya. Bundan tashqari, temir yo'l orqali konteyner yuk tashuvlar ob-havo  sharoitlaridan qat'iy nazar o'z vaqtida yetkaziladi. Bu esa qishning qorli kunlarida Qamchiq dovonidagi tirbandliklar, ovoragarchiliklar, ortiqcha vaqt yo'qotishlar tadbirkorlarning ishlarida ko'plab noqulayliklarni hisobga olganda ahamiyatli imtiyozlaridan biri. Konteyner ekspress-poezdi tadbirkorlarning tashabbusini amalga oshirishga va respublikamizning iqtisodiyotini  rivojlantirishiga xizmat qiladi.

Eslatib o'tamiz, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “O’zbekiston temir yo’llari” AJda Maslaxat markazi faoliyat yuritmoqda.

Axborot xizmati