O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston - Fransiya: Yangi sement zavodini tashkil etish muhokamada

04.02.2019 3058

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Fransiyaning “Freyssine” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda “Freyssine” kompaniyasi bilan hamkorlikda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida ehtiyojlar uchun Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yangi sement zavodini tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi. 

Yig'ilishda mazkur inshoot qurilishi belgilangan hududning geologik holati bo'yicha tekshiruvlarni o'tkazish, zavodga xorijdan yangi texnika va texnologiyalarni olib kelish, korxonaning kelajakdagi salohiyati haqida fikr yuritildi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi tashkil etilayotgan zavod yiliga 1 mln. tonna yuqori sifatli sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvattiga ega bo'ladi.


Tadbirda shuningdek, poytaxtimizda qurilishi rejalashtirilayotgan bir qator yo'l o'tkazgich va ko'priklar, yangi metro liniyalarining loyihalari fransiyalik mutaxassislar tomonidan taqdim etildi. Yangicha dizayn, o'zgacha uslub, jahon standartlariga mos keladigan bunday inshootlarni bunyod etish bo'yicha mulohazalar ham bildirildi.

Axborot xizmati