O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“Eyvalekmaxsustemirbeton” AJ modernizatsiyasi investorlar nigohida

01.02.2019 2924

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatida Belarus Respublikasining ““Strommashina” Mogilevskiy zavodi” aktsiyadorlik jamiyati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda temir yo'l tizimi uchun kerakli bo'lgan temir-beton shpallar, yo'l o'tkazgichlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “Eyvalekmaxsustemirbeton”  aktsiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish, yangi texnika-texnologiyalarni joriy qilish, zavod mahsulotlari turlarini yanada ko'paytirish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. 

Belarus davlatining ““Strommashina” Mogilevskiy zavodi” aktsiyadorlik jamiyati MDH davlatlarida temir-beton ishlab chiqarish bo'yicha eng ko'zga ko'ringan korxona hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur zavod tomonidan tayyorlangan mahsulot va texnologiyalar Rossiya, Ukraina, Belarus va Qozog'iston kabi davlatlarga yetkazib berilmoqda.  

Tadbir davomida Belarussiyada ishlab chiqarilgan temir yo'lda foydalaniladigan maxsus shpal va yo'l o'tkazgichlar uchun asbob-uskunlarni olib kelish, o'rnatish va foydalanishga topshirish bo'yicha takliflar ham bildirildi.  Yig'ilish so'nggida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni ivojlantirish bo'yicha kelishuvga ham erishildi. Uchrashuvda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Bosh menejer-bosh muhandisi X.Xasilov ishtirok etdi. 

Belarussiyalik delegatsiya a'zolari tashrif davomida “Eyvalekmaxsustemirbeton” aktsiyadorlik jamiyatida bo'lib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Axborot xizmati