O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekiston-Eron: Hamkorlik mustahkamlanmoqda

29.01.2019 4401

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yo'l tizimi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda ikki davlat temir yo'l sohasi o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yo'nalishlarni ko'rib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha fikr yuritildi.


– Ma'lumki, O'zbekiston Sharqiy Osiyo, ya'ni Xitoy davlati bilan tashuvlarni amalga oshirishda eng muhim va qisqa tranzit hudud hisoblanadi, – deydi delegatsiya rahbari Axmadiy Babak. – Shu bois ishonchli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki davlat temir yo'l tizimi o'rtasidagi tashuvlar sonini oshirish davr taqozosidir. Endilikda ushbu yo'nalish bo'yicha konteynerlar orqali tashuvlar xajmini oshirishni rejalashtirganmiz. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozog'iston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borildi. 

Ta'kidlanishicha, keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida mamlakatimiz paxtasi va to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek, Erondan neft` mahsulotlarini olib kelish va O'zbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasida ham takliflar bildirildi.

Uchrashuv so'nggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi imzolandi.

Axborot xizmati