O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Ishlab chiqarish maydoniga aylangan “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati

22.01.2019 5348

Joriy yilda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bir qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, o'tgan 2018 yilda korxona xududining 19 gektarli ishlab chiqarish binosi to'liq rekonstruktsiya qilindi. Endilikda bu yerda yiliga 1 mln. kv.m. sendvich panellari ishlab chiqarish quvvatiga ega “Steel property construction” MCHJ faoliyat ko'rsatadi. Korxonada bir yilda 24 ming tonna metallokonstuktsiya ham tayyorlanadi. Shuningdek, granitdan piyodalar yo'lakchalari uchun maxsus bruschatkalar, yo'l to'siqlari ham ishlab chiqariladi. E'tiborlisi, ushbu maskanda qo'shimcha 400 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi. Yirik loyihani amalga oshirish uchun 24,5 million AQSH dollari miqdorida mablag' yo'naltirilgan. Yangi tashkil etilayotgan korxonani joriy yil so'nggiga qadar foydalanishga topshirish ko'zda tutilgan.


Yana bir yangilik ko'p qavatli uylar uchun maxsus yevropa texnologiyalari asosida temir eshik ishlab chiqarishga mo'ljallangan “Dacros”, polietilen mahsulotlari ishlab chiqruvchi “Midas agrotech” korxonalari ham aynan ushbu xududda faoliyat ko'rsatadi.

Axborot xizmati