O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Buxoro – Xiva yo'nalishida birinchi yo'lovchi poezdi harakati boshlandi

15.01.2019 12521

Tabiiyki, sayyohlikni rivojlantirishda transport eng muhim vosita hisoblanadi. Sayyohlar birinchi navbatda transport xizmatidan foydalanadi. Undagi servis va shart-sharoitlar yuqori dajarada tashkil etilgan bo'lsa, dastlabki onlardan mehmonlarning yurtimizga bo'lgan munosabati ham ijobiy tomonga o'zgaradi.

Bugun ko'xna Xiva shahrini mamlakatimizning boshqa tarixiy xududlari bilan bog'lash, sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan №050-sonli Buxoro-Xiva tez yurar yo'lovchi poezdi qatnovi yo'lga qo'yildi. Buxoro temir yo'l vokzalidan harakatini boshlagan mazkur zamonaviy poezd 12 ta vagondan iborat bo'lib “Econom”, “Business” va “VIP” turlariga bo'lingan. Shinam, yorug' va barcha qulayliklarga ega bo'lgan ushbu vagonlar “Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek, yo'lovchilarga yuqori darajada servis xizmat ko'rsatish maqsadida restoran-vagon ham joriy etilgan. Unda yurtimiz aholisi va chet ellik mehmonlarga yo'l davomida issiq yarim tayyor va turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash orqali xizmat ko'rsatiladi.

Belgilangan harakat jadvaliga ko'ra mazkur poezd bugundan boshlab, Buxoro – Xiva yo'nalishida oyning toq sanalarida, soat 12:05 da Buxoro vokzalidan harakatlanadi va shu kuni soat 17:50 da Xiva vokzaliga yetib boradi.

Xiva – Buxoro yo'nalishida esa oyning juft sanalarida, soat 08:45 da Xiva vokzalidan harakatlanib, shu kuni soat 14:48 da Buxoro vokzaliga yetib boradi.


Ushbu yangi yo'lovchi poezdining qatnovi yo'lga qo'yilishi bilan qadimiy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro va Xiva o'zaro bir yo'lda birlashdi, ya'ni bitta kompozitsiyani tashkil etdi. Bu esa yurtimiz aholisi hamda chet ellik mehmonlar uchun yanada ko'plab qulayliklar yaratadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 2018 yil “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 35,9 million AQSH dollari bo'lgan ulkan loyiha qisqa muddatda amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida, Urganch vokzalidan Xiva shahrigacha umumiy uzunligi 33,78 km (asosiy yo'l 29,6 km) bo'lgan yangi temir yo'l bunyod etildi. Bundan tashqari Xiva shahrida bir vaqtning o'zida 200 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan, zamonaviy vokzal ham qurib bitkazildi. Bugungi kunda Samarqand, Qarshi, Buxoro hamda Shahrisabz shaharlariga muntazam qatnovi yo'lga qo'yilgan “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari, kelgusida Xiva shahriga ham harakatlanashi ko'zda tutilgan. Bu esa yo'lovchilarning, eng asosiysi qadimiy shaharlarimizga tashrif buyurayotgan sayohlarga sifatli transport xizmatini ko'rsatish, ularning yo'l davomidagi vaqtini yanada qisqartirib, yurtimizni ko'proq tomosha qilishlariga juda katta imkoniyat yaratadi.

 Axborot xizmati