O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Sergeli yo'nalishida yer usti metro qurilishi

28.12.2018 5157

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2016 yildagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish to'g'risida”gi №PQ-2664 sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida hozirgi kunda  bunyodkorlik ishlari qizg'in davom etmoqda. 


Eslatib o'tamiz, ushbu loyihaning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan asosiy loyiha ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra ushbu yo'nalishdan 6 ta bekat o'rin olgan. Bekatlarda yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus lift va eksalatorlar o'rnatiladi.

Sergeli metro liniyasining ahamiyatli jihati shundaki, u nafaqat mamlakatimiz uchun, balki Markaziy Osiyoda ham bugungi kungacha qo'llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. 

Qurilishning boshidan to hozirgi kungacha tajribali mutaxassislar tomonidan, qurilish normalari va texnik talablari asosida, shuningdek, belgilangan jadval bo'yicha  ulkan ishlar amalga oshirildi. Qurilish montaj jarayonlarini keng ko'lamda olib borilishini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan zamonaviy texnikalar va mexanizmlar olib kelindi. 

Toshkent metropolitenining ushbu yangi liniyasini 2020 yilga qadar qurib foydalanishga topshirish ko'zda tutilgan.

Axborot xizmati