O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Ko'xna shaharga zamonaviy poezd yetib keldi

29.11.2018 4607

О'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xiva shahrida, zamon talablari darajasida qad rostlagan, ko'rkam vokzalni ko'zdan kechirdi. Bu yerda yo'lovchilar va sayyohlar  uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so'ng davlatimiz rahbariga mazkur vokzalning old qismida milliy uslubda bunyod etilingan, mehmonxonalar, maishiy bino va inshootlar, dam olish maskanlari haqida ma'lumot berildi. 

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qaroriga muvofiq, 2017-2018 yillar davomida Urganch – Xiva oralig'ida yangi temir yo'l uchastkasini qurish, zamonaviy Xiva vokzalini barpo etib, atrofni obodonlashtirish ishlari belgilangan edi. Bunyodkor temiryo'lchilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashdi va umumiy qiymati 35,9 million AQSH dollari bo'lgan ushbu loyihani qisqa muddatda amalga oshirishdi. Xiva shahrida bir vaqtning o'zida 200 yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan, milliy uslublar bilan uyg'unlashgan zamonaviy vokzal qurib bitkazildi. Shu bilan birga Urganch vokzalidan Xiva shahrigacha umumiy uzunligi 33,78 km (asosiy yo'l 29,6 km) bo'lgan temir yo'l qurildi. 

O'tgan qisqa vaqt davomida loyiha doirasida rejalashtirilgan 124 ta sun'iy suv inshootlari, 5 ta ko'prik va 1 ta yo'l o'tkazgich qurib bitkazildi. Endilikda bunyod etilgan yangi liniyada tashishlar “Urganch” va “Xiva” stantsiyalari orqali amalga oshiriladi.  Vokzal so'nggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. Bu yerda zamonaviy VIP-zali, dam olish, ona va bola, tibbiyot xonalari, kutubxona mavjud. Rejaga muvofiq, uning oldida musiqali favvora o'rnatildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan ushbu xududda barcha qulayliklarga ega 3 ta mehmonxona qurilishining yakuniy ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, "Xiva-Lokomotiv" istirohat bog'i barpo etilmoqda. Unda 57 sotixli ko'l, 27 xil attraktsion, amfiteatr, zamonaviy savdo rastalari faoliyati yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.







Axborot xizmati