O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yo'lovchi tashishdagi xalqaro anjuman

01.11.2018 5208

Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari poytaxtimizda O'zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston hamda Tojikiston respublikasi yo'lovchi tashuvchi temir yo'l ma'muriyati vakillarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda yo'lovchi tashish borasidagi qo'shimcha qulayliklar va imtiyozlar bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.



Xususan, xalqaro yo'nalishlarda qatnaydigan yo'lovchi poezdlariga chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab belgilangan chegirmalarga o'zgartirishlar kiritildi. Unga ko'ra, shu vaqtga qadar yo'lovchi sv va kupe vagonlar uchun chiptani poezdning jo'nash kunidan 45-31 kun oldin xarid qilishida belgilangan 45 foizlik chegirma 45-41 kun oldin 55 foizga ko'tarildi. 40-31 kun oralig'ida xarid qilingan yo'l chiptalar uchun 45 foiz va 30-6 kun oraligida xarid kilingan chiptalar uchun 35 foiz imtiyoz belgilandi. Shuningdek, endilikda yo'lovchilar platskart vagonlari uchun chiptani 45-41 kun oldin xarid qilsa 45 foiz, 40-31 kun oralig'ida 35 foiz, 30-6 kun muddatda esa 25 foiz chegirmaga ega bo'ladilar. Tadbir davomida ishtirokchilar vagonlarda servis xizmatini yanada oshirish borasida fikr yuritishdi. Hamkorlikda yangi yo'nalishlarni joriy etish, uning texnik va texnologik jihatlari ham majlis ishtirokchilarining asosiy e'tiborida bo'ldi.

Ma'lumki, “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Rossiya, Qozog'iston hamda Qirg'iziston davlatlariga qatnovlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yangi imkoniyatlarni ishga solish davr taqozosidir. Shu bois anjuman ishtirokchilari ushbu masalaga alohida to'xtalib o'tishdi. Shu bilan birga temir yo'l orqali sayyohlikni yanada rivojlantirish haqida so'z yuritildi.

Muzokaralar yakuniga ko'ra yig'ilish bayonnomasi imzolandi.

Axborot xizmati