O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Poezdga tosh otma, bolakay!

17.10.2018 5278

Temir yo‘l yaqinida joylashgan hududlarda sodir bo‘ladigan qoidabuzarliklar yuzaga kelmasligi uchun, avvalo, oila, mahalla va maktab jamoasi targ‘ibot ishlarini kuchaytirmog‘i lozim. “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli “O‘rta ovul” stansiyasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 43-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda shu haqda so‘z bordi.

                                    

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshqarmasi, Toshkent viloyati IIB transport bo‘limi hamda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda harakatlanayotgan poezdga tosh otmaslik, temir yo‘l to‘siqlarini sindirmaslik, atrof muhitni ifloslantirmaslik, temir yo‘l hududidan o‘tayotgan paytda uyali aloqa vositasidan foydalanmaslik, temir yo‘l relslariga tosh qo‘ymaslik, hududda chorva mollarini boqmaslik kabi qoidalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmali chiqishlar orqali bolalar bilimi boyitildi. Mavzuga oid slayd-shoular, bukletlar taqdim etildi. “Yo‘ling bexatar bo‘lsin, Afrosiyob!” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Axborot xizmati