O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Ekspress konteyner yuk poezdining 2-reysi ham belgilangan muddatdan oldin manzilga etib bordi.

15.10.2018 5127


Avval xabar berganimizdek, 2018 yil 5 окtabrdan boshlab haftasiga ikki marotaba Toshkent-Pop-(Rоustan)- Margilon-Andijon yo‘nalishida ekspress konteyner yuk poezdining qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poezdning birinchi reysida 30 ta fitingga ortilgan 60 ta konteynerda 1000 tonnadan ziyod yuk, belgilangan harakat jadvalidan 1 soat oldin o‘z manziliga etkazib qo‘yilgan edi. Joriy yil 13-оktabr kuni ushbu poezdning 2-reysi ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Unda dastlabki poezddagiga qaraganda qariyib 300 tonnaga yaqin ko‘proq ortilgan yuk, belgilangan muddatdan yarim soat oldin o‘z manziliga etkazildi.


Men ushbu poezd ilk bor qatnovini boshlaganda juda katta xursandchilik bilan qarshi olgan edim, - deydi andijonlik tadbirkor Farhod Qosimjonov. Bugun bu poezdda 2 ta konteynerimni Andijonga jo‘natdim. 9 yarim soatda manzilga etib borganligi haqidagi xabarni eshitib ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi. Chunki, har safar avtomashinada yukimni jo‘natib, nima bo‘lsa ham eson omon etib borsin deb xavotir olardim. Fitingga ortish jarayoni haqida men umuman o‘ylamadim. Temityo‘lchilar konteynerlarni bir zumda o‘zlari fitinglarga ortib olishdi. Bu nafaqat tadbirkorlarga, balki oddiy yuk jo‘natadigan fuqarolarga ham katta qulaylikdir .

Ayni kunda soha mutaxassislari mazkur poezdning mamlakatimizni boshqa xududlariga ham qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borishmoqda.

                                                                           Ахborot xizmati