O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Yangi ekspress konteyner yuk poezdi

25.09.2018 5856

     


       “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yil oktyabr` oyidan boshlab "Toshkent – Pop – Marg'ilon – Andijon" yo'nalishida yangi ekspress konteyner yuk poezdi qatnovini yo'lga qo'yadi. Mazkur poezd aniq jadval asosida haftada ikki marotaba harakatlanishi va unda tadbirkorlarning turli xil hajmdagi yuklarini 20 futlik konteynerlarda 10 soat muddatda hamda arzon narxlarda o'z manziliga yetkazib berish ko'zda tutilgan.

      Bu yangi temir yo'l transporti xizmatidan foydalanish istagida bo'lgan fuqarolar yoki tadbirkorlar +99878 1503410 (333) hamda +998712996254 telefon raqamlaridan bilib olishlari mumkin. Shuningdek, jdk@railway.uzmarketing@utk.uz elektron pochtalari orqali murojaat qilib buyurtmalar berishi hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Axborot xizmati