O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

O'zbekistonda ilk bora transport kommunikasiyalari sohasida xalqaro anjuman

20.09.2018 5611

     

Poytaxtimiz bugun yana bir yirik anjuman “Markaziy Osiyo transport yo'laklari tizimida strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda.


Tadbirda vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlar va boshqa mas'ul muassasalardan jami 500 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishmoqda. Muhimi 37 ta davlatdan 300 nafardan ortiq xorijiy mexmonlar tashrif buyurishgan: Latviya, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Pol`sha, Rossiya, Singapur, Avstriya, Ozarbayjon, Afg'oniston, Belarussiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron Islom Respublikasi, ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Ukraina, AQSH, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Frantsiya, Shveytsariya, Yaponiya mamlakatlari va boshqalar.


“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan xalqaro anjumanning ochilish marosimida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Xadjar, Osiyo taraqqiyot banki vise-prezidenti Ventsay Jang ham ishtirok etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro anjuman ishtirokchilariga yo'llagan tabrigini Bosh vazir Abdulla Oripov o'qib eshittirdi. 



Anjuman umumiy kengashi yig'ilishidan boshlanadi va qo'shimcha ravishda to'rtta alohida paralel ravishda majlislar ham o'tkaziladi. Bo'limlar tematik yo'nalishlarga ajratilgan bo'lib, temir yo'l transporti, avtomobil` transporti va avia tashuvlardir. Shuningdek, bo'limlarda biri to'liq tarzda Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatiga bag'ishlanadi. 

Axborot xizmati