O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo'llari ma'muriyati rahbarlari Toshkentda

19.09.2018 15372

2018 yilning iyun oyida Hitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tgan va unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan temir yo'llar ma'muriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvini Toshkent shahrida o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishilgan edi. Shu munosabat bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo'llari ma'muriyati rahbarlari jam bo'lishdi.


E'tiborlisi, dastlabki xalqaro tadbirga O'zbekiston Respublikasi raislik qildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Achilboy Ramatov ishtirok etdi va nutq so'zladi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari o'z mamlakati temir yo'l tizimi, yuk va yo'lovchi tashish xizmati, olib borilayotgan bunyodkorliklar, yangi loyihalar, tranzit yo'laklar haqida barchaga ma'lumot berishdi.   

O'zbekiston Markaziy Osiyoda har tomonlama strategik xududdir. Ushbu maskan Buyuk Ipak Yo'lining eng muhim bo'g'ini bo'lgan. Bugunga kelib ushbu diyor Shimol va Yevro-Osiyo qit'asini bog'laydigan asosiy transport yo'lagi hisoblanadi. Shu bois bugun tashkil etilgan xalqaro anjuman ham ramziy ma'noga ega.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi transport-kommunikatsiya kompleksi taraqqiy etishiga bog'liq. Xususan, temir yo'l transporti davlatlararo tovar ayriboshlash, import-eksport tashuvlar, ayniqsa dengiz yo'llariga to'g'ridan-to'g'ri chiqolmagan va asosan yuklarni quruqlikda tashishga ixtisoslashlangan mamlakatlar uchun muhim o'rin tutadi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning temir yo'llari ma'muriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvida transport xizmatlari bozorini kengaytirish, temir yo’l sohasining potentsial imkoniyatlarini shakllantirish, bojxona xujjatlarni rasmiylashtirish, tarif siyosati bo'yicha muzokalar olib borildi. Shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar hududida yangi iqtisodiy xalqaro koridorlarni yaratish, dengiz portlariga chiqish imkoniyatlari xususida ham so'z yuritildi.

Logistik markazlar tizimini yaratish va undan keng foydalanish, ShHTga a'zo davlatlar eksport va import yuklarini jahon bozorlariga olib chiqish jarayonida ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash masalalari ko'rib chiqish tadbir kun tartibidan o'rin oldi. Shu kuni temir yo'l transporti infratuzilmasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliya tizimlari ishtirokida yangi temir yo'l transport koridorlarini yaratish, yuk tashish imkoniyatlarini oshiradigan, muhimi dengiz portlariga chiqishni ta'minlaydigan yangi loyihalarni ishga tushirish masalasi ham muxokama etiladi.

Xususan, tadbir ishtirokchilariga temir yo'l transporti sohasining istiqbolli yo'nalishlari, rivojlanish tendentsiyalari va takomillashtirish bo'yicha ma'lumotlar beriladi. Mamlakatimizda xalq farovonligi yo'lida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, yangi imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ulkan bunyodkorliklar amalga oshirilyapti. Yirik loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda. Yangi temir yo'l liniyalari qurilyapti. “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati haqida so'z yuritadigan bo'lsak, yurtimizda temir yo'lning umumiy uzunligi 7200 km tashkil etadi. Yuk tashishning umumiy hajmidan 53% temir yo'l transportiga to'g'ri keladi. Mustaqillik yillarida 2500 km temir yo'llari qurildi, 2600 km. dan ortiq yo'llar elektrlashtirildi. 30 dan ortiq vokzallar zamon talbalari darajasida qurildi va rekonstruktsiya qilindi.


Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari mamlakat iqtisodiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. Xususan, “Navoi – Uchquduq –Sultanuvaystog’ – Nukus” (umumiy uzunligi 341 km), “Toshguzar – Boysun – Qumqorg’on” (umumiy uzunligi 223 km), Angren – Pop (123,1 km) loyihalarining hayotga tadbiq etilishi ushbu xududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Amalga oshirilgan bunyodkorliklar natijasida mamlakatimizda yagona temir yo'l tizimi yaratildi Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdi dastlab Toshkentdan Samarkandgacha qatnovni amalga oshirgan bo'lsa, endilikda Buxoro, Qarshi va Shaxrisabz shaharlarigacha xizmat ko'rsatmoqda.

O'zbek-Hitoy «UzXCMG» ekskavator, qurilish va yo'l texnikasini ishlab chiqarish bo'yicha hamkor korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Qurilish va ekspulatatsiya uchun “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyatining ehtiyojlari uchun Hitoy hamkorlarimiz tomonidan turli temir yo'l va qurilish texnikasi keltirilgan.

Bu yil «O'zbekiston temir yo'llari» AJ o'zining hududi orqali ayrim yuklarni tashish uchun Tojikiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi uchun turli imtiyozlar va preferentsiyalar taqdim qildi. 

Konferentsiya yakunida tegishli hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjat transport infrastrukturasining rivojlanishini ijobiy shakllanishiga, yo'l qurilishi va transport-logistik markazlar yaratilishiga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun:

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) 2001yilda tashkil topgan. Ta'sischi davlatlarga Qozog'iston, Hitoy, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston kiradi. Hozirgi vaqtda ShHT qoshida kuzatuvchi davlatlarga Mongoliya (2004 yildan boshlab), Hindiston, Eron, Pokiston (2005 yildan boshlab) va Afg'oniston (2012 yildan boshlab) kiradi. Kuzatuvchi mavqeiga ega bo'lish uchun arizalarni 2012 yilda Ozarbayjon, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Nepal va Shri-Lanka berdi.

Axborot xizmati