O’ZB Рус Eng

O’zbekiston temir yo’llari Аksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni

(+998 71) 237-99-98

Dush. - Jum. 9-00dan 18-00gacha
Vokzal ma’lumotxonasi

1005

(Kecha-kunduz)

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalar

17.09.2018 6564



Mamlakatimizda temir yo'lning umumiy uzunligi 7000 km.dan ortiqni tashkil etadi. Yuk tashishning umumiy hajmidan 53% temir yo'l transporti xissasiga to'g'ri keladi. Mustaqillik yillarida 2500 km temir yo'llari qurildi, 2600 km.dan ortiq yo'llar elektrlashtirildi. 30 dan ortiq vokzallar zamon talbalari darajasida qurildi va rekonstruktsiya qilindi.  


Aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan investitsiya  loyihalari mamlakat iqtisodiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. Xususan, “Navoi-Uchkuduk-Sultanuvaystog-Nukus” (umumiy uzunligi 341km), “Toshguzar-Boysun-Kumkurgan” (umumiy uzunligi 223 km), Angren – Pop (123,2 km) loyihalarining hayotga tadbiq etilishi ushbu xududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Amalga oshirilgan bunyodkorliklar natijasida mamlakatimizda yagona temir yo'l tizimi yaratildi.


Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi  “Afrosiyob” poezdi dastlab Toshkentdan Samarkandgacha qatnovni amalga oshirgan bo'lsa, endilikda Buxoro, Qarshi va Shaxrisabz shaharlarigacha xizmat ko'rsatmoqda.


Axborot xizmati